Bugun,  Yangi asr universitetining filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili  va turk tili yo‘nalishlari talabalariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilavov  "Turkiy tillar folklori" mavzusida maʼruza o‘tdi. Dars davomida talabalar turk va o‘zbek tillarining folklori, o‘xshash va farqli jihatlari bilan tanishdilar.🔖Abdumurod Tilavov adabiyotshunos, tarjimon, turkiy xalqlar folklori, turk tili yo‘nalishlarida ilmiy faoliyat olib borayotgan bir necha xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi, bir qancha o‘quv-uslubiy qo‘llanma, darsliklar, 100 dan oshiq ilmiy  maqolalar va tarjimalar muallifidir.