Yangiliklar
🔰Talabalar Toshkent muzeyiga ekskursiyaga borishdi 
Yangi asr universiteti talabalari ma’naviyat bo‘limi, xotin-qizlar kengashi boshchiligida bugun 4 fevral kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni yonida tashkil etilgan Toshkent muzeyiga ekskursiyaga borishdi.
   P.S. Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega bo‘lgan hududning qadim o‘tmishi, urf-odat va an’analari, ilm-fani, madaniyati va san’atini o‘zida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar to‘plangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.    Birinchi qavatda “Toshkent – ilm-fan markazi”, “Toshkent – bag‘rikenglik shahri”, “Amaliy san’at. Kundalik hayot va madaniyat” deb nomlangan ekspozisiyalar tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda qadimiy ish qurollari, xo‘jalik buyumlari, qadamjolarning maketlari namoyishga qo‘yilgan.   Eksponatlarga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi matnlar bilan sharh beriladi. Monitorlar, infokiosklar va boshqa texnologiyalar yordamida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.