👩‍🚀👨‍✈️ Bugun Yangi asr universitetida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Universsitet sirtqi bo‘lim talabalari tashabbuslari maʼnaviyat bo‘limi tamonidan qo‘llab-quvvatlangan holda, harbiylarimiz, milliy armiyamiz tarixi va faoliyatiga bag‘ishlangan o‘ziga xos tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kirish so‘zini universitetning o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Dilmurod Mamatov boshlab berdi. So‘ngra talalabalar o‘zlari tayyorlagan monolog, sheʼr va sahna ko‘rinishlarini namoyish etib berishdi.

Bayram tadbiri yakunida faol ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.

Media bo‘lim.