Kelajakka qadam
 
📚Maktab bitiruvchilari universitetga tashrif buyurishdi
   Yangi asr universitetiga Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan xalq ta’limi bosh boshqarmasi tizimidagi
183-sonli va 178- sonli o‘rta umumiy ta’lim maktablarining yuqori sinf  o‘quvchilari  tashrif buyurishdi.
O‘quvchilar universitet, uning auditoriyalari, ta’lim  yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.    
Maktabni tamomlab, talabalik safiga qo‘shilish istagidagi o‘quvchilarga ushbu ta’lim dargohida egallanadigan mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.