📚Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi mutaxassis xodimlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi#tadbir 
   Kecha 15 mart kuni, Yangi asr universitetida Axborot resurslar bo‘limi va Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi bilan hamkorlikda  "Sevimli kitoblar doirasida"  mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi.     Tashrif buyurgan kutubxona mutaxassislari juda ko‘plab foydali ma’lumotlar taqdim etishdi.   So‘ngra xohlagan talabalar kutubxonaga a’zo bo‘lishdi.      Inson uchun eng yaxshi sovg‘a bu kitob, undan keyingi yaxshi sovg‘a esa keyingi kitob ekan.  O‘qing,  izlaning bilim qobilyatingiz bilan dunyoni zabt eting.
📝Kutubxona haqida   Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-3289 – son Qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti tasarrufida faoliyat olib bormoqda.    Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi xodimlariga va idoralariga qarashli axborot-kutubxonalar tarmog‘iga hizmat ko‘rsatadigan ilmiy-pedagogik, axborot-bibliografik soha kutubxonasi, pedagogika va psixologiya bo‘yicha respublikada ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchi va magistrlar uchun asosiy pedagogika va ta’lim bo‘yicha adabiyotlar to‘plangan majmui hisoblanadi.