🔰Xabar berilganidek, bugun  Yangi asr universitetida "O‘zbekiston iftixori" medali sohibi,
xalqaro shaxmat grossmeysteri Javohir Sindarov bilan  davra suhbati tashkil etildi.
   Unda  universitet o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori
Dilmurod Mamatov  hamda universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori
Baxtiyor Ishandjanovlar ishtirok etishdi.          
Mehmonga tashrif uchun tashakkur bildirilgach, talaba va o‘qituvchilar bilan davra suhbati boshlandi.      
Talabalar tomonidan Javohir Sindarovga berilgan savollarga grossmeyster batafsil javob berdi.  
Uchrashuv juda qiziqarli tarzda o‘tdi.