To‘g‘ri tanlov – sizning qo‘lingizda. Quyidagi xatolardan ehtiyot bo‘ling.
Agar O‘zbekistonda xususiy universitetlarni kontrakt narxlarini o‘rtacha 15 million deb olsak bu 4 yilda 60 million degani. Nomdor universitetlarda esa 35–55 million atrofida. Agar siz quyidagi xatolarni qilib kelajakda tanlagan sohangizda faoliyatingizni olib bormasangiz, kontraktni o‘zini hisoblaganda 60 million pulingiz va 4 yil umringizni bekorga ketkazgan bo‘lasiz.
Ushbu xatolarni o‘qir ekansiz to‘g‘ri xulosa chiqaring!
Oila tajribasi qadrli, ularning fikrlari muhim. Lekin faqat shunday degani uchun universitet tanlash — xato bo‘lishi mumkin. Sizning maqsad va qiziqishlaringiz ustuvor bo‘lsin.
Tanish bilan o‘qish qulay tuyuladi, ammo maqsadlar boshqa bo‘lishi mumkin. Universitet — o‘zingizni kashf etish davri; tanlovni faqat “tanish bor” mezoni bilan cheklamang.
Trend soha sizga mos kelmasa, o‘qish qiyinlashadi va qoniqish bermaydi. Qiziqish, qobiliyat va rejaga mos yo‘nalishni tanlang.
Reyting muhim, lekin shaxsiy muvofiqlik va ta’lim muhiti ko‘proq ahamiyatli.
Universitet hayoti ko‘p qirrali. Turli imkoniyatlarni o‘rganing, tajribalarni sinab ko‘ring.
Variantlarni puxta o‘rganib, afzallik va kamchiliklarini tahlil qiling. Yaxshi qaror izlanish talab qiladi.
Bir nechta mos oliygoh bo‘lishi tabiiy. Bitta joyga bog‘lanib qolmang — kengroq qarang.
📌 Yangi Asr Universiteti talabalarga nafaqat ta’lim, balki amaliy tajriba va kasbiy yo‘nalishda keng imkoniyatlar yaratadi. To‘g‘ri tanlov – sizning qo‘lingizda!
© Yangi Asr Universiteti