kuni kecha “YANGI ASR UNIVERSITETI” nodavlat taʼlim muassasasi hamda “YANGI-ASR-MAKTABI” nodavlat taʼlim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha Memorandum imzolandi.
Ushbu Memorandum bir tomondan “YANGI ASR UNIVERSITETI” nodavlat taʼlim muassasasi nomidan universitet rektori Qobiljon Zohidov va ikkinchi tomondan “YANGI-ASR-MAKTABI” nodavlat taʼlim muassasasi nomidan muassasa direktori Dilorom Abdurahmonova tomonidan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tuzildi. Memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori, 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tuzildi.Mazkur memorandum o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarining turli yo‘nalishlari hamda tomonlarning faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa sohalarda hamkorlik qilishni ham ko‘zda tutadi. Universitet va “YANGI-ASR-MAKTABI” NTM ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar bo‘yicha taʼlim hamda iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tayyorlash va ularning malakasini oshirishda hamkorlik qiladilar. “YANGI-ASR-MAKTABI” NTM va universitet professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan tarmoqqa (sohaga) oid yangiliklar, sohani rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, taʼlim-fan integratsiyasi, ilmiy-tadqiqot ishlarni rivojlantirish, talabalar amaliyotini tashkil etish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan doimiy uchrashuvlar o‘tkazib boradilar.
“YANGI-ASR-MAKTABI” NTM taʼlim yo‘nalishlariga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv dasturlariga universitet professor-o‘qituvchilari ekspert xulosalarini beradilar. “YANGI-ASR-MAKTABI” NTM universitet bitiruvchilarini mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashtirish bo‘yicha takliflarini taqdim etadi va takliflarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘radi.
“YANGI-ASR-MAKTABI” NTM va universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari, tadqiqotchilarining ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda hamkorlik qiladilar.
“YANGI-ASR-MAKTABI” NTM va Universitet o‘zlarining Axborot resurslari markazlari va kutubxonalari fondlaridan professor-o‘qituvchilar, talabalar va o‘quv kurslari tinglovchilari erkin foydalanishlari bo‘yicha hamkorlik qiladilar.
“YANGI-ASR-MAKTABI” NTM ning o‘quvchilari muassasa (maktab) rahbariyatining tavsiyanomasiga ko‘ra “YANGI ASR UNIVERSITETI” NTMga imtihonsiz talabalar safiga qabul qilinadi.