Yangilanish va yasharish fasli bahor kelib yurtimizda ko‘ngillarga xushnudlik baxsh etuvchi iliq shabadalar esmoqda.  Sumalak tayyorlash, milliy bahoriy taomlar hozirlash qadim Navro‘zning ajralmas qismidir.
   Bugun 17-mart kuni  Yangi asr universitetida  o‘tayotgan sumalak saylida dastruxon tuzaldi, osh hozirlandi.    Tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etmoqda.     Bayramga tashrif buyurgan universitet muassisi Muzaffar Sattiyev barcha o‘qituvchilar vva talabalarni bahoriy bayramlar bilan tabriklab, ta’lim dargohining kelgusi  ilmiy ma’naviy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.