Yangi asr universiteti filologiya va tillarni o‘qitish ( o‘zbek tili) yo‘nalishi 1- kurs talabasi Mahliyo Muhammadovaning “Oila va tabiat” gazetasi 2023 yil 13-sonida yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” kitobiga bag‘ishlab o‘z kechinmalarini ifodalab yozilgan “Yo‘limizdagi tosh” nomli maqolasi bosildi.    Inson xayotida uchraydigan xar bir narsa o‘z-o‘zidan emas albatta. Daqiqalar soatlarni o‘zgarishini, vaqt o‘tib borishini ifodalagani kabi, har bir insonning hayotini, albatta qanday bo‘lishidan qat’i nazar kitob mutolaasi o‘zgartira oladi.      Ko‘p yillik tajribamdan kelib chiqib, ushbu fikrimga  talaba Mahliyo Muhammadovaning “Yo‘limizdagi tosh” nomli maqolasida o‘zining ifodasi va qiymatini yo‘qotmaganligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Chunki Mahliyo o‘z fikrini mohironalik bilan, aniq misollar orqali juda mahorat bilan yoritib bergan.
Oisha Radjabova, Universitet axborot resurs bo‘limi rahbari.