E’lon
🔰Yangi asr universitetida tez kunda yurtdoshimiz, taniqli shaxmatchi Javohir Sindarov bilan uchrashuv tashkil etiladi.
🔖Shaxmat grossmeysteri Javohir Sindarov 2005-yil 8-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Javohir uch karra O‘zbekiston chempioni, olti karra Osiyo chempioni va besh karra Jahon chempioni. U 2018 yilda uchta grossmeysterlik shartlarini bajarib, jahon tarixidagi ikkinchi eng yosh (12 yosh 10 oylik 8 kunlik) shaxmatchiga aylangan. Keyinchalik Javohirning rekordini hindistonlik Gukesh Dommaraju (12 yosh 7 oylik 17 kunlik) yangiladi. Ayni damda Sindorov dunyo shaxmati tarixidagi uchinchi raqamli eng yosh xalqaro grossmeyster bo‘lib turibdi.Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olibi. "O‘zbekiston iftixori" medali sohibi.
Niderlandiyada o‘tkazilgan nufuzli “Tata Steel Chess-2023" shaxmat musobaqasida qatnashgan Javohir Sindarov "Chellenjer" guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Uchrashuv bo‘lib o‘tadigan kunni tez orada ma’lum qilamiz.


