Arab tilidan "Muhovara" darslari!

🌍 Arab tilini sayohat qilib o‘rganamiz!

Hurmatli "Yangi Asr" universiteti talabalari!

Sizni Ustoz Mohannad bilan bo‘lib o‘tadigan, noan’anaviy va qiziqarli "Muhovara" (jonli suhbat) darslariga taklif etamiz.

🚀 Yangilik: Darslarimiz endi faqat auditoriyada emas! Biz mashg‘ulotlar davomida turli qiziqarli manzillarga sayohatlar uyushtiramiz. Endi siz arab tilini faqat parta ortida emas, balki jonli hayotda, sayr davomida va real vaziyatlarda amaliy qo‘llashni o‘rganasiz.

Darslarimizda sizni nimalar kutmoqda?

  • 🗣 Jonli muloqot: Erkin va do‘stona suhbat muhiti;
  • 🏙 Outdoor darslar: Shaharning diqqatga sazovor joylarida amaliy mashg‘ulotlar;
  • 🤝 Tajriba: Til to‘sig‘ini (bar’er) yengib o‘tish va ravon so‘zlashish.

📅 Qachon: Har Shanba va Yakshanba kunlari

🕚 Soat: 11:00 da

📍 Manzil: "Yangi Asr" universiteti, Tinchlik binosi

Keling, sayohat qiling va arab tilida ravon so‘zlashni o‘rganing!