YANGI ASR UNIVERSITETI - nodavlat oliy taʼlim muassasasi.
Universitet - yangi O‘zbekiston yoshlari uchun ayniqsa, talaba bo‘lish orzusida bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun yangi oliy taʼlim muassasasidir. Bu yerda kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda taʼlim olib boriladi.
Universitet Vazirlar mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 279705-sonli litsenziyasiga ega bo‘lib, boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari diplomi bilan huquqiy teng kuchga ega. Universitet diplomi butun O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi. Bitiruvchilarimiz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashi mumkin.
Bu xususiy universitetning o‘ziga xosligi shundaki, bitiruvchilar birinchi navbatda 20ga yaqin GRAND TALIM maskani filiallarida o‘qituvchi, bog‘cha va maktabga tayyorlov kurslarida muallima, xususiy GRAND TALIM maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari sifatida ishga qabul qilinadilar. So‘nggi yillarda bo‘lgan ulkan o‘zgarishlar xususiy taʼlim tashkilotlarini uzluksiz sifatli taʼlim xizmatlarini xalqimizga taqdim qilish imkonini bermoqda.