Yangi Asr Universiteti - O'zbekistondagi zamonaviy universitet
Jabborov Javohir Zarifovich

Jabborov Javohir Zarifovich

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

Biografiya

Biografiya

Yangi asr universitetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori
2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2024-yilda “Yashil makon” umummilliy harakatidagi faolligi hamda yoshlarning tabiiy resurslarni asrab-avaylash ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining maxsus statuetkasi bilan taqdirlangan.
2020-yilda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan “International Union V” xalqaro konferensiyasida maqolasi “The Best Article” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan.
Zaxiradagi leytenant.
 
2017-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Tarix fakultetini tamomlagan. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
2020–2022-yillarda maktab va oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2022–2023-yillarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi rahbari lavozimida ishlagan. Mazkur faoliyati davomida 30 dan ortiq korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida Yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish ishlarini olib borgan.
2023-yildan hozirgi kunga qadar Yangi asr universitetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Mehnat faoliyati davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda Vatanga muhabbat ruhida voyaga yetishlariga ko‘maklashishga qaratilgan ko‘plab ibratli tadbir va tanlovlarni tashkil etgan. Ushbu loyihalar amaliyotga tatbiq etilib, keng ommalashtirilgan.
Ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda 20 dan ortiq maqola muallifi hisoblanadi. Jumladan, 2020-yilda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkilotchiligida o‘tkazilgan “International Union V” xalqaro konferensiyasida taqdim etgan maqolasi “The Best Article” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.
2022-yilda O‘zbekistonda xalqaro ta’lim tajribalarini aprobatsiyadan o‘tkazish jarayonida koordinator sifatida faoliyat olib borgan.
2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi “Respublikada ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi 50-sonli bayoni ijrosini ta’minlash doirasida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirgan.
2025-yildan boshlab mahalla, maktab va oliy ta’lim tashkilotlarida muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Ma’rifat ulashib” tadbirlarining tashkilotchisi sifatida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida “4 yilda 100 kitob” loyihasini ishlab chiqqan va ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etib kelmoqda.

Ish tajribasi

Ish tajribasi

Ilmiy ishlari

Ilmiy ishlari

Ta'lim

Xalqaro faoliyat

World