Ishandjanov Baxtiyor Ilhomovich
Biografiya
Ishandjanov Baxtiyor Ilhomovich
Universitet rektori
- 1989-1994 yillari Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tahsil olib, tamomlagan. So‘ngra ushbu institutda Islomshunoslik kafedrasi aspiranti, o‘qituvchi, katta o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
- 2004 -2014 yillari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
- Baxtiyor Ishandjanov shuningdek, 2014-2016 yillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘kuv uslubiy chora-tadbirlarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
- 2017 yildan 2022 yilga qadar Grand ta‘lim plyus NTM arab tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelgan.
- 2022 yildan Yangi asr universiteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi
- 2024 yildan Yangi asr universiteti rektori lavozimiga o'z faoliyatini boshladi