“Zamonaviy jamiyatda ta’lim, pedagogika va psixologiya muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to‘plami nashr etildi.
Mazkur to‘plamda psixologiya va pedagogika fanlarining nazariy hamda metodologik asoslari, ta’lim jarayonidagi dolzarb muammolar, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy-psixologik jarayonlar hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar yoritilgan.
Shuningdek, unda jamiyatda kechayotgan ma’naviy-axloqiy jarayonlar, yoshlar orasidagi muammolar, ularning kelib chiqish omillari va amaliy yechimlari bo‘yicha ilmiy maqolalar jamlangan.
To‘plam ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar hamda sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.