“Raqamli transformatsiya davrida pedagogika va psixologiyaning rivojlanish tendensiyalari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar to‘plami nashr etildi.
Mazkur to‘plamda zamonaviy ta’lim, tarbiya va psixologik xizmat tizimidagi dolzarb masalalar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritilgan.
Shuningdek, unda raqamli transformatsiya sharoitida pedagogika va psixologiya fanlarining rivojlanish yo‘nalishlari, innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’siri hamda yoshlar ruhiyati bilan bog‘liq masalalar tahlil qilingan.
To‘plamda ijtimoiy moslashuv, shaxs kamoloti, ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda zamonaviy ta’lim jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning ilmiy-amaliy yechimlariga oid maqolalar jamlangan.