💐  Yangi asr universitetida bugun
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida  o‘tayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida  o‘qituvchi,
xodim va ko‘ngilli talabalar birgalikda hashar o‘tkazishdi.  
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida, hashar Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida  tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.   
Hasharda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash tadbirlari ko‘zda tutilgan.