Tadbir🔰 Yangi Asr Universiteti va GRAND TA`LIM xodimlari "Kar’yera kuni"da 1- aprel, shanba kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan Kar’yera kuni tashkil etildi. U   Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetida bo‘lib o‘tib, ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini ta’minlash maqsadida  ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashish imkoniga ega bo‘ldilar.  Ushbu “Kar’yera kuni”da  GRAND TA'LIMning HR- inson resurslari  bilan ishlash departamenti rahbari  Sarvar Qahhorov, muassasa o‘quv bo‘limi xodimi Baxtiyor  Sodiqov va "Yangi asr“ universiteti HR- inson resurslari  bilan ishlash departamenti xodimi Husniddin Aloviddinov ish beruvchi tashkilot vakili sifatida ishtirok etdilar. Ko‘plab bitiruvchi kurs talabalari bilan ishga qabul qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.