Yangiliklar
🔰 Tashabbusimiz, iqtidorimiz  va kuch-qudratimiz Vatan uchun#tadbirlar
   Bugun, 3-mart kuni Yangi asr universiteti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  tomonidan filologiya va tillarni o‘qitish ingliz tili, arab tili  va dizayn yo‘nalishi talabalari bilan tashkil etilgan “Tashabbusimiz, iqtidorimiz  va kuch-qudratimiz Vatan uchun” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir kunduzgi bo‘lim talabalarining tashabbuslari asosida tashkil etildi.    Unda universitet rektori Qobiljon Zohidov boshchiligida professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.    Ushbu tadbirning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu - uning boshidan oxirigacha ingliz tilida olib borilgani bo‘ldi. Talabalar o‘zlarining bu boradagi iqtidorlarini ajoyib tarzda namoyish etishdi. Turli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari ijro etishdi.    Tadbir so‘ngida muassasa rahbariyati tomonidan faol talabalarga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.